Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat G. Shermatova Karmana tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi
янв.21
Manzilli dasturlar ijrosi — deputat nazoratida
янв.21
Mahalla ichki yo‘llari holati deputat e’tiborida
янв.21
Tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!
янв.21
DEPUTAT XALQ BILAN BIRGA!
янв.21
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdagi o‘n to'qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
ИЛМЛИ АЁЛ – ЖАМИЯТ КЎЗГУСИ
янв.21
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
янв.21
Yangi ariq mahallasida yosh tadbirkor ayol faoliyati bilan tanishildi
PF–71-sonli farmon ijrosi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi

 PF–71-sonli farmon ijrosi
doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
 

Joriy
yilning 17 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–71-sonli farmoni
ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J.Mirzaev
tomonidan Navoiy shahridagi “Ishonch” mahallasida fuqarolar bilan sayyor
qabul o‘tkazildi.
 

Sayyor
qabul davomida mahalla aholisining ijtimoiy, huquqiy va maishiy masalalarga oid
murojaatlari tinglandi. Xususan, oilaviy munosabatlar, erta nikohning oldini olish,
yoshlar tarbiyasi, ta’lim hamda bandlik masalalari yuzasidan fuqarolar bilan atroflicha
suhbatlar olib borildi.
 

Deputat
J.Mirzaev tomonidan PF–71-sonli farmonning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar
va farmon ijrosi doirasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida fuqarolarga
batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, aholining huquqiy ongini yuksaltirish,
qonunchilik talablariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Sayyor
qabul ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, fuqarolar tomonidan bildirilgan ayrim murojaatlar
joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi masalalar esa tegishli tashkilotlar
bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish uchun deputat nazoratiga olindi.
 

Mazkur
sayyor qabul aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, joylarda mavjud muammolarni
aniqlash va PF–71-sonli farmon ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
 

   

Slide 1 of 4