Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam
янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
Senator Toyloq tumanida Mustaqillik bayrami munosabati bilan nuroniylarni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan Toyloq tumanida “Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun” ezgu g‘oyasi ostida yuksak ma’naviy-ma’rifiy ruhda tadbir tashkil etildi.

Tadbirda mehmon sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi B.I.Abdullayev, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi raisi Sh.Negmatov hamda viloyat Kengashi Kotibiyati mudiri S.Usmonov ishtirok etdilar hamda nuroniylar bilan samimiy suhbatlar olib bordilar.

Uchrashuv davomida senator B.Abdullayev so'zga chiqib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xalq farovonligini oshirish, ayniqsa, keksalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik borasidagi yutuqlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. 

Bunday samimiy muloqotlar keksa avlod vakillariga hurmat va e’tiborning ifodasi sifatida, avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Tadbir ishtirokchilari mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida bardavom mehnat qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Slide 1 of 3