Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam
янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
Yoshlar parlamenti modeli: Farg‘ona yoshlari siyosiy jarayonlarda

19-20- iyun kunlari Qo‘qon shahrida yana bir muhim voqeaga guvoh bo‘ldik. “Farg‘ona yoshlarining parlamentdagi ovozi” nomli respublika yoshlari forumi ochilish marosimi o‘zining yuksak ma’naviy, siyosiy va ijtimoiy ruhi bilan ajralib turdi. Ayniqsa, bu forumning bevosita Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgani — partiyamizning yoshlar taqdiriga, ularning siyosiy ongini shakllantirishga bo‘lgan e’tiborining amaliy isbotidir.

Tadbirda ishtirok etgan Qo‘qon shahar hokimi M. Usmonov va Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari Shohruh O‘ktamovning nutqlari chuqur hayotiy haqiqatlarga tayangan holda, yoshlarning bugungi siyosiy jarayonlardagi faolligi naqadar muhim ekani haqida teran fikrlar bildirdi. Ularning fikricha, yoshlar nafaqat kelajak egalari, balki hozirgi zamon taraqqiyotining bevosita ishtirokchilari, yetakchi kuchi bo‘lib bormoqda.

Biz ushbu forumni o‘zbek yoshlarining siyosiy tafakkurini boyitish, ularga parlament tizimi va davlat boshqaruvi sirlarini anglash imkonini beruvchi muhim maydon deb hisoblashimiz kerak. Bunday ochiq muloqotlar, fikrlar almashinuvi va tashabbus platformalari — yoshlarda mas’uliyat, fuqarolik pozitsiyasi va jamiyat hayotida faol ishtirok etish madaniyatini shakllantiradi.

Xalq demokratik partiyasi uchun yoshlar — bu partiyaning ijtimoiy tayanchi, g‘oyaviy davomchilari, adolatparvar jamiyat bunyodkorlari. Bugungi tadbir esa bu haqiqatning yana bir yorqin tasdig‘i bo‘ldi.
Shunday ezgu tashabbuslarga boy forumlar orqali yoshlarimizning ovozi nafaqat parlamentda, balki butun jamiyatda yangrashi shubhasiz.

Kelajak yoshlar bilan keladi. Ularni tinglaylik, ularga ishonaaylik va birgalikda adolatli jamiyat sari odimlaylik!

Ruziyeva Madina O’z.XDP Mirobod tuman kengashi deputati.
 

Slide 1 of 1