Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot: korrupsiyaga qarshi muhim qadam
янв.21
Fuqaro murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
12-Bunyodkor saylov okrugi deputati F. Jumayeva tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif amalga oshirildi.
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Murojaatnoma — har bir soha vakillari uchun dasturilamal
янв.21
Ekologik partiya: mahallalarda targ‘ibot ishlari yangi bosqichda
янв.21
Prezident Murojaatnomasi mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi
янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
янв.21
Кармана туманида тиббиёт бирлашмаси фаолияти ўрганилди
Mirobod tumanida xalq dardi eshitilyapti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada samarali tashkil etish, muammolarni joyida hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Jumladan, xalq qabulxonalariga hokimlarning shaxsan rahbarlik qilishi va ish kunlarini aynan aholi bilan suhbatdan boshlashi zarurligi alohida ta’kidlangan edi. Ushbu ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Mirobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Anvar Sayfutdinov tomonidan aholi uchun ochiq qabullar muntazam tashkil etilmoqda. Navbatdagi qabul joriy yilning 20 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Sh. Sultanova, tuman hokimi o‘rinbosari F. Madaminova, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Karimov hamda qator mas’ul idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar. Qabulda tumanning turli mahallalaridan tashrif buyurgan 15 nafar fuqarolarning ijtimoiy, uy-joy, ish bilan ta’minlash, infratuzilma, xotin-qizlar va yoshlar muammolari bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Har bir masala individual tarzda ko‘rib chiqilib, ko‘plab muammolar o‘sha joyning o‘zida hal etildi. 

Slide 1 of 5