Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!
янв.21
🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
“Rayhon” mahallasida bolalar maydonchasi qurilishi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov viloyat Kengashi deputati N.Elchiyeva bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida (MFY) qurilishi rejalashtirilgan bolalar maydonchasi bilan bog‘liq ishlar holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur obyekt mahallada bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ochiq havoda faol dam olishi hamda yosh avlod uchun qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganish jarayonida bolalar maydonchasi qurilishi belgilangan muddatlardan ortda qolayotgani aniqlandi. Bu holat yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, qurilish ishlarini jadallashtirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning sifatiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

️Shuningdek, obyekt qurilishining borishini nazorat qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ishlarni belgilangan talablar asosida tashkil etish muhimligi qayd etildi. Mazkur masala yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi lozimligi bildirildi.

Hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini doimiy o‘rganib borish, belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish hamda aholi, ayniqsa, bolalar uchun munosib sharoitlar yaratish e’tibor markazida.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3