Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi

🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi

♻️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.

♻️Jumladan, 2026-yilgi mavsumda “Ochiq budjet” portali orqali jamoatchilik fikri asosida g‘olib deb topilgan, “Oytug‘di” MFY hududidagi 0,5 gektar yer maydonida “Yashil bog‘” barpo etish loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida ixtisoslashtirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida mas’ullar joyiga chiqdi.

♻️O‘rganish davomida hududdan samarali foydalanish, yashil maydonlarni kengaytirish, daraxt va manzarali ko‘chatlar ekish, aholi uchun obod va qulay jamoat maskanini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

♻️Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ekologik muhitni yaxshilash, aholi uchun dam olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda hududda yashil infratuzilmani rivojlantirishdan iborat.

♻️Deputatlik guruhi ushbu loyihaning ahamiyatini inobatga olgan holda, uni “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasini o‘rganish va tashabbusning amaliy ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 6