O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida olib borildi.
O‘rganish davomida bank muassasasining faoliyati, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari, mijozlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishildi.
Shuningdek, bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, aholining huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda bank faoliyati bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.