Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
“Sobir Abdulla” mahallasida fuqaroga ko‘rsatilgan tibbiy yordam holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga “Saodat” saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev tomonidan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Bekbutabek ko‘chasi, 34-uyda yashovchi fuqaro O.Komilova xonadoniga tashrif buyurilib, unga ijtimoiy xodim tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlar hamda sog‘lig‘ini tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, O.Komilovaga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun zarur yordam ko‘rsatilgan va hozirda jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Ayni paytda fuqaroning salomatligini tiklash, tibbiy reabilitatsiyasini ta’minlash hamda sog‘ayish jarayonini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Tashrif davomida fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning samaradorligi, tibbiy reabilitatsiya jarayonini davom ettirish va zarur ko‘makni o‘z vaqtida tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4