🔰Imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish – e’tiborda
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Rabot” mahallasida fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish holati o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida kredit mablag‘larining belgilangan maqsadlar asosida yo‘naltirilgani, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, yangi daromad manbalarini yaratishi hamda oilalar farovonligini oshirishga xizmat qilayotgan jihatlariga e’tibor qaratildi.
✔️Shuningdek, kredit olgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar tinglandi. Mablag‘lardan oqilona foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✔️Bunday o‘rganishlar imtiyozli kreditlarning amaliy samaradorligini ta’minlash, fuqarolar bandligini oshirish va aholi daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlarning natijadorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt