Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahallalarda xavfsiz muhit va aholi farovonligi masalalari o‘rganildi

Mahallalarda xavfsiz muhit va aholi farovonligi masalalari o‘rganildi

Tumanda mahalla tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, bandlikni ta’minlash, fuqarolar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
“Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov, Mahallalar uyushmasi raisi va tuman Adliya bo‘limi xodimi ishtirokida mahalla xodimlarining xizmat faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada xavfsiz va sog‘lom muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, xonadonlar daromadini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3