Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputat e’tiborida
#deputat_faoliyati

🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputat e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norov hamkorligida “Jondor” mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
🔵O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy ehtiyojmand toifaga mansub fuqarolarning muammolarini aniqlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish hamda tegishli ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔵Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash holati ham ko‘rib chiqildi. Fuqarolarning murojaatlari, ularning ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari va mavjud muammolariga alohida e’tibor qaratildi.
🔵O‘rganish jarayonida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni aniqlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔵Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlarni sifatli yetkazish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt
Slide 1 of 4