Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
Bog‘iston” mahallasida hududni obodonlashtirish va tadbirkorlik loyihalari o‘rganildi

#deputat_faoliyati #deputat_okrugida #nazorat_tahlil

Bog‘iston” mahallasida hududni obodonlashtirish va tadbirkorlik loyihalari o‘rganildi

Hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi 17-“Bog‘iston” saylov okrugidan saylangan deputat U. Xushboqov tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Bog‘iston” mahallasida har bir ko‘cha va xonadonni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish, hududlarni obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni aniqlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi infratuzilma holati, ko‘chalar va hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, deputat mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, hududda mavjud baliqchilik ko‘li atrofida aholi va yoshlar uchun ko‘ngilochar hamda dam olish maskanlarini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarning tashabbuslari, loyihani amalga oshirishdagi mavjud imkoniyatlar hamda hududning sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Baliqchilik ko‘li atrofini obodonlashtirish, hududni zamonaviy dam olish maskaniga aylantirish va aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish yuzasidan takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berilib, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2