Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Doimiy komissiya faoliyati — ustuvor yo‘nalishlar belgilandi

Doimiy komissiya faoliyati — ustuvor yo‘nalishlar belgilandi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati doirasida hududda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, budjet intizomini mustahkamlash hamda tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan vazifalar izchil amalga oshirilmoqda.

Komissiya tomonidan mahalliy budjet loyihalari dastlabki tarzda ko‘rib chiqilib, asoslantirilgan xulosalar tayyorlanmoqda. Shuningdek, budjet ijrosi yuzasidan hokimlik va moliya organlarining hisobotlari eshitilib, ular atroflicha tahlil qilinmoqda.

Ayni paytda budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi ustidan deputatlik nazorati ta’minlanib, ayniqsa ijtimoiy soha hamda infratuzilmaga ajratilgan mablag‘larga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, hududda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar ijrosi muntazam monitoring qilib borilmoqda.

❗️Komissiya o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik va ilg‘or boshqaruv tamoyillari asosida olib boradi hamda qonunlar ijrosini ta’minlashda samarali deputatlik nazoratini amalga oshiradi.

Slide 1 of 1