Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
DEPUTATLAR QARORI — TUMANIMIZ RIVOJI VA AHOLI FAROVONLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM

 Joriy yilning 24-sentyabr kuni Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿Sessiyada xalq vakillari — Kengash deputatlari tomonidan tuman budjetining qo‘shimcha manbalaridan samarali foydalanish, mablag‘larni aholi manfaatlari va hududning ustuvor ehtiyojlariga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Sessiyada Parkent tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Abduxamidov Yorqinbek Xusniddin o‘g‘lining tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
✅ Muhokamalar yakunida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi qarori bilan jami 9 milliard 919 million 600 ming so‘m mablag‘ni tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan yo‘naltirish taklifi tasdiqlandi.
Mazkur qaror — deputatlarning hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga daxldor masalalarni ko‘rib chiqish, budjet mablag‘larining aholiga manfaat keltiradigan yo‘nalishlarga yo‘naltirilishiga e’tibor qaratish borasidagi vakillik faoliyatining muhim natijalaridan biridir.
Ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali yo‘naltirilishi tumanimizda:
🔹 ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;
🔹 hududlarning obodonligi va qulayligini oshirish;
🔹 aholi uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash;
🔹 ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 fuqarolarning turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.
⚠️ Kengash deputatlarining asosiy vazifalaridan biri — aholi manfaatlarini ifodalash va hudud rivojiga oid muhim masalalarni vakillik organi orqali ilgari surishdir. Shu jihatdan, bugun tasdiqlangan mablag‘lar Tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish va aholining farovon hayotini ta’minlashga qaratilgan amaliy qadam sifatida ahamiyatlidir.
🌱 Xalq vakillari qarori — hudud taraqqiyoti, aholi manfaatlari va farovon kelajak sari!

Slide 1 of 2