Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
KENGASH QARORI BILAN BOLALAR SPORTI VA SAN’ATIGA 195 MILLION SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI!

 Yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sport va san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun munosib sharoit yaratish — muhim vazifalardan biridir.
🔥 Shu maqsadda xalq deputatlari tuman Kengashining qarori bilan tumandagi 29- va 34-sonli bolalar musiqa va san’at maktablari hamda tuman Sport maktabini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun jami 195 million so‘m mablag‘ ajratildi. Mazkur qaror, avvalo, bolalarning musiqa va san’at bilan shug‘ullanishi, o‘z iste’dodini namoyon etishi hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi.
🔥 Shu bilan birga, tuman Sport maktabining mavsumga tayyor holatga keltirilishi bolalar va o‘smirlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarziga amal qilishi va jismoniy salohiyatini oshirishi uchun muhim ahamiyatga ega.
🔥 Kuz-qish mavsumida mashg‘ulotlarning uzluksiz va sifatli tashkil etilishi uchun ta’lim va sport muassasalarining mavsumga puxta tayyorlanishi muhim. Ajratilgan mablag‘lar ana shu ehtiyojlarni ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Bolalarga yaratilgan har bir imkoniyat — ularning kelajagiga kiritilgan sarmoyadir. Bugun musiqa, san’at yoki sport bilan shug‘ullanayotgan bola ertaga o‘z iste’dodi, bilimi va mahorati bilan yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan yetuk inson bo‘lib voyaga yetadi.
🏛 Bu jarayonda tuman Kengashi deputatlarining roli alohida ahamiyatga ega. Deputatlar hududdagi ijtimoiy soha obyektlarining holatini o‘rganish, mavjud ehtiyojlarni aniqlash, masalalarni Kengash muhokamasiga olib chiqish va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish orqali aholi, ayniqsa, yoshlar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Kengash tomonidan qabul qilinayotgan bunday qarorlar orqali bolalar uchun munosib sharoit yaratish, sport va san’at muassasalarining imkoniyatlarini kengaytirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga e’tibor kuchaytirilmoqda.
San’at — iste’dodni, sport — iroda va matonatni tarbiyalaydi. Yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit esa ularning katta orzulari sari tashlangan muhim qadamdir!
⚠️ Xalq deputatlari tuman Kengashi — aholi va yoshlar manfaatlarini ifoda etuvchi muhim bo‘g‘in sifatida hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etishga qaratilgan ishlarni davom ettiradi.

Slide 1 of 3