🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputat nazoratida
♻️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati B. Yusupov tomonidan “Namgoni” mahallasida hududlardan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlarining tashkil etilishi, hududlarning sanitariya holati hamda bu boradagi mavjud muammolarga e’tibor qaratildi.
♻️Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini tumanda ta’minlash masalasi ham deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqildi.
♻️Aniqlangan holatlar yuzasidan “Toza hudud” davlat muassasasi Jondor tumani filiali direktori M. Musayevga tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
♻️Deputatlik nazorati doirasidagi ishlar davom ettiriladi.