#deputat_faoliyati
🔽Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati B. Yusupov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida “Namgoni” mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalar daromadini oshirish va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahalladagi kambag‘al oilalar bilan individual ishlash, ularning mavjud muammolarini aniqlash va muammolarni hal etish orqali oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✔️Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kredit va boshqa imkoniyatlardan samarali foydalanishni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligiga e’tibor qaratildi.
✔️O‘rganish jarayonida aholining daromad manbalarini ko‘paytirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish orqali oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish muhim vazifa ekani qayd etildi.
✔️Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
👉Deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt