🔰#munosabat
👉Pensiya tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi takliflar fuqarolarning mehnat faoliyati va pensiya ta’minoti o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir.
👉Xususan, pensiya yoshiga yetgach ham mehnat faoliyatini davom ettirayotgan va yuqori daromaddan ijtimoiy soliq to‘layotgan fuqarolarni qo‘shimcha rag‘batlantirish mexanizmining joriy etilishi taklif qilinmoqda. Unga ko‘ra, pensiyaga 6 oy kech chiqqan fuqarolar uchun hisobga olinadigan ish haqining yuqori chegarasi oshirilib, pensiya miqdori o‘rtacha oyiga 277 ming so‘mgacha, 12 oy kech chiqqanlarda esa 554 ming so‘mgacha ko‘payishi mumkin.
👉Bunday yondashuv uzoq yillar davomida mehnat qilgan, yuqori miqdorda ijtimoiy soliq to‘lagan fuqarolarning pensiya ta’minotini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi mumkin.
👉Eng muhimi, mazkur taklif jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Demak, fuqarolarning fikr-mulohazalari va takliflari ham yangi tartibni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavluda Xidirova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,