Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 28-30 sentabr hamda 2-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish – deputat nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarining izchil rivojlanayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
янв.21
🔰Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
🔰“Namgoni” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda
янв.21
🔽Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olish – muhim vazifa
янв.21
🔽Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #19_band #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Madaniyat va san’at maskani — deputatlik nazoratida
Yosh avlodning estetik didini yuksaltirish, ma’naviy dunyoqarashini boyitish, bolalarni teatr san’atiga keng jalb etish hamda madaniyat muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov tomonidan Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatrida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi”ning 19-bandi — hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar holatini o‘rganish yo‘nalishi asosida tashkil etildi.

O‘rganish davomida:

teatrning kadrlar salohiyati va shtatlar jadvali;
xodimlarning ma’lumoti va tarkibiy tuzilmasi;
ijodiy jamoa faoliyati;
mavjud bo‘sh ish o‘rinlari;
spektakllar namoyishi va tomoshabinlar qamrovi;
muassasaning moddiy-texnik ta’minoti hamda yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.

Teatrning tasdiqlangan shtatlar jadvali 64,5 birlikni tashkil etib, ayni paytda 64 nafar xodim faoliyat yuritmoqda.

Shundan:

16 nafari — oliy ma’lumotli;
31 nafari — o‘rta-maxsus ma’lumotli;
17 nafari — o‘rta ma’lumotli.
Muassasada 2 ta shtat birligida bo‘sh ish o‘rni mavjudligi ham qayd etildi.

Teatr jamoasi tomonidan yosh tomoshabinlarga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatish, sahna asarlarini namoyish etish va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

2026-yilning 6 oyi davomida jami 236 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbir va sahna namoyishlari tashkil etilib, minglab jajji tomoshabinlarning teatr san’atidan bahramand bo‘lishiga imkon yaratildi.

“Qo‘g‘irchoq teatri — bolalar qalbida ezgulik, go‘zallik va san’atga mehr uyg‘otadigan muhim madaniyat maskanidir. O‘rganish davomida teatrning ijodiy faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdik. Mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, spektakllar sifatini yanada oshirish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha zarur tavsiya va takliflar bildirildi”.

Madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini takomillashtirish, yosh avlodning ma’naviy hordig‘ini mazmunli tashkil etish hamda sohada mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari deputatlik nazoratida davom ettiriladi.
Slide 1 of 4