Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 28-30 sentabr hamda 2-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish – deputat nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarining izchil rivojlanayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
янв.21
🔰Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
🔰“Namgoni” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda
янв.21
🔽Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olish – muhim vazifa
янв.21
🔽Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: Ijtimoiy himoya tizimi ijrosi joyida o‘rganildi

Deputatlariga biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, qonun hujjatlari ijrosini joylarda o‘rganish hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda viloyat Kengashi deputatlari R.Salomova, N.Muzaffarova hamda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi a’zosi I.Tangirovlar Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni talablari ijrosi, shuningdek, shahar hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hamda “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armasi mablag‘larining 2026-yil hisobot davrida maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, qonun hujjatlari ijrosini kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan aniq tavsiya va takliflar berildi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbirlari deputatlarning biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorligini mustahkamlash, davlat mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda qonun hujjatlari, Prezident farmonlari, Kengash qarorlari va davlat dasturlari ijrosini o‘rganish, ularning samaradorligini tahlil qilish hamda aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 1