Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 28-30 sentabr hamda 2-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish – deputat nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarining izchil rivojlanayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
янв.21
🔰Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
🔰“Namgoni” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda
янв.21
🔽Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olish – muhim vazifa
янв.21
🔽Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #6_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Alpomish” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati tahlil qilindi
Mahallalarda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash, ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda manzilli ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov, Kengashning 6-“Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov okrugiga qarashli “Alpomish” mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlarning bugungi kundagi faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur jarayon “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqildi.

Jumladan, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va manzilli ishlash, ehtiyojmand ayollarni qo‘llab-quvvatlash, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar bilan ishlash, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

Tahlil davomida xotin-qizlar bilan individual ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, huquqiy savodxonligini oshirish, oilaviy nizolarning oldini olish hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish, xotin-qizlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash — mahalla faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.