Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashiga 15-“Yangishahar” saylov okrugidan saylangan deputat Dilfuza Qo‘ziyeva tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli «Yangishahar» mahallasida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyaning 11-yo‘nalishi — “Kuz-qish mavsumida isitish tizimi” yuzasidan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida deputatlik nazorati tartibida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, mavjud isitish tizimlarining texnik holati, ularning mavsum davomida uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zarur sanitariya-gigiena va qulay sharoitlarni yaratish, isitish tizimi bilan bog‘liq ehtimoliy muammolarning oldini olish hamda mavsumni belgilangan talablar asosida o‘tkazish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.

O‘rganish natijasida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mavjud isitish tizimlarini mavsumga to‘liq shay holatga keltirish hamda kuz-qish davrida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi va mas’ullarga tavsiyalar berildi.

E’tibor — ta’lim muassasalarida qulay sharoit, barqaror isitish va o‘quvchilar xavfsizligiga.

Slide 1 of 2