Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Nosirov hamda shahar Kengashi deputati A.Mamatqulov tomonidan deputat saylangan “Muqimiy” mahallasida ishga tushirilgan loyihalar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Qo‘qon shahar hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari O.Mingboyev hamda mahalla hokim yordamchisi D.Rahimov ishtirok etdi.

Tashrif davomida tadbirkor F.Safarov tomonidan amalga oshirilgan 50 mln so‘mlik loyiha bilan yaqindan tanishildi. Loyiha doirasida aholiga turli yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirilgan.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida 2 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu esa mahallada aholi bandligini ta’minlash, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

O‘rganish davomida shoxobchaning faoliyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda yaratilgan ish o‘rinlari bilan tanishilib, loyihani kelgusida rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4