Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Aholini bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga “Noib ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputat M.Yunusov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi O‘RQ-265-I-sonli “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan shahardagi 11-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, fuqarolarning zarur dori-darmon vositalaridan foydalanish imkoniyatlari hamda davlat tomonidan bepul taqdim etilishi belgilangan dori vositalari bilan ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, davlat tomonidan aholiga bepul berilishi belgilangan 24 turdagi dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi. Mazkur dori vositalarining poliklinikada mavjudligi, ularning belgilangan talablar asosida saqlanishi hamda ehtiyojmand fuqarolarga o‘z vaqtida va belgilangan tartibda yetkazib berilishi masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, dori-darmon vositalarining hisobini yuritish, ularni fuqarolarga shifokor tavsiyasi va amaldagi tartiblar asosida yetkazib berish jarayoni bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aholining dori-darmon vositalariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida aniqlash, davlat tomonidan bepul taqdim etiladigan dori vositalarining mavjudligini ta’minlash va ularni fuqarolarga belgilangan tartibda yetkazib berish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 8