Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 28-30 sentabr hamda 2-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish – deputat nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarining izchil rivojlanayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
янв.21
🔰Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
🔰“Namgoni” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda
янв.21
🔽Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olish – muhim vazifa
янв.21
🔽Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
HARBIY MUSIQA AKADEMIK LITSEYIDA YOSHLAR BILAN MA’RIFIY MULOQOT O‘TKAZILDI

#yoshlar_maslahat_guruhi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️HARBIY MUSIQA AKADEMIK LITSEYIDA YOSHLAR BILAN MA’RIFIY MULOQOT O‘TKAZILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Jamila Shermuhammedova hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvarxon Irgashev boshchiligida Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyida talaba-yoshlar bilan ochiq, interfaol va ma’rifiy muloqot o‘tkazildi.

📚 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” mavzusidagi tadbir “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy loyihalari doirasida tashkil etildi. Unda Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari va professor-o‘qituvchilari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

🔺 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrigi va ma’ruzasida ilgari surilgan g‘oya hamda tashabbuslarning mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish, shuningdek, “Milliy yuksalish o‘n yilligi” doirasida belgilangan yetti milliy dasturning ustuvor vazifalarini keng tushuntirishdan iborat bo‘ldi.

🎙 Ochiq muloqotda deputat Jamila Shermuhammedova mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, milliy qadriyatlar, ma’naviyat va ma’rifatning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida fikr bildirdi.

📋 Shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, yoshlar bandligi, ta’lim va sport muassasalaridagi shart-sharoitlar, madaniyat muassasalari hamda kutubxonalar faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvarxon Irgashev yoshlarning jamiyat hayotidagi ishtiroki, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan muloqot olib bordi. Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhining maqsad va vazifalari, yoshlarning fikr hamda takliflarini mahalliy Kengash faoliyatiga olib kirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

💬 Tadbir davomida mavzular sodda va tushunarli tilda, hayotiy misollar, aniq fakt va dalillar asosida yoritildi. Savol-javoblar, ochiq fikr almashish, interfaol va kreativ yondashuvlar, motivatsion usullar hamda ko‘rgazmali materiallardan samarali foydalanilishi yoshlarning faol ishtirokini ta’minladi.

🗣 Samimiy muloqot jarayonida yoshlar Vatanga, ustozlarga, ota-onalarga va mahallaga sadoqatli bo‘lish, kitob mutolaasiga e’tibor qaratish, o‘z ustida muntazam ishlash, milliy qadriyatlarimiz hamda boy tariximizga hurmat bilan munosabatda bo‘lish muhimligini ta’kidladilar.

✅ Uchrashuv yakunida ishtirokchilar bunday ochiq va interfaol muloqotlar yoshlarning fikrlash doirasini kengaytirishi, o‘z fikrini erkin ifodalashi hamda kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashiga xizmat qilishini qayd etib, mazkur uchrashuvlarni muntazam tashkil etish taklifini bildirdilar.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10