Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
Navruz mahallasida aholi bandligi va daromadini oshirishga qaratilgan ishlar samarali davom etmoqda.

Xususan, mahallada aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganilib, ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va oilaviy daromadlarni oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, xonadonbay o‘rganishlar asosida ehtiyojmand oilalarning muammolari aniqlanib, ularni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish, o‘zini o‘zi band qilish va daromadli mehnat bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Deputat S.Abduvaliyeva tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari o‘rganilmoqda hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilmoqda.
Bunday amaliy ishlardan asosiy maqsad — mahalla aholisining bandligini ta’minlash, har bir oilaning daromadini oshirish, aholining munosib turmush sharoitini yaratish va kambag‘allikni qisqartirishdan iborat.
Navruz mahallasida bu boradagi ishlar izchil davom ettirilib, belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 2