Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 28-30 sentabr hamda 2-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish – deputat nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarining izchil rivojlanayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
янв.21
🔰Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
🔰“Namgoni” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda
янв.21
🔽Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olish – muhim vazifa
янв.21
🔽Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MANZILLI YORDAMDAN BOSHLANADI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari bilan hamkorlikda Qo‘shqand qishlog‘ida kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqaro Siddiqova Marfatning oilaviy va ijtimoiy holati manzilli ravishda o‘rganildi.

O‘rganish davomida oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy holati, oila a’zolarining bandligi, daromad manbalari hamda mavjud muammolari bilan yaqindan tanishildi.

Oila a’zolari bilan suhbat davomida ularni qiynayotgan masalalar tinglanib, mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, oilani qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy sharoitini yaxshilash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Aniqlangan masalalarni hal etish maqsadida tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda zarur yordam choralarini ko‘rish bo‘yicha amaliy vazifalar belgilandi.

Shuningdek, oilaning kelgusida barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, bandlik imkoniyatlaridan foydalanishi va kambag‘allikdan chiqishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1