35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 18-O‘rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputati L.Djamalova tomonidan M.Ulug‘bek mahallasida hududdagi yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 18-O‘rtasaydov saylov okrugidan saylangan deputati L.Djamalova tomonidan M.Ulug‘bek mahallasida hududdagi yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida D-80 4Р-242 “Bulung‘ur shahri – Qulbosti qishlog‘i – Chelak shahri” avtomobil yo‘lining 2-bosqichdagi 5,8 km qismini ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Ta’mirlash jarayonining amaldagi holati, ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida olib borilishi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshirildi.