🔰Teng huquq va imkoniyatlar – deputat e’tiborida
⚡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov tomonidan Po‘loti mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentabrdagi «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-562-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash, ularning ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.
✔️Shuningdek, qonun talablarining mahalla darajasida samarali ijrosini ta’minlash, mavjud masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✔️Bunday o‘rganishlar qonun ustuvorligini ta’minlash, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi