Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 28-30 sentabr hamda 2-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish – deputat nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarining izchil rivojlanayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
янв.21
🔰Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
🔰“Namgoni” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda
янв.21
🔽Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olish – muhim vazifa
янв.21
🔽Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati
#Kotibiyat_bosh_mutaxassis
#24_ta_masala
#Okrugda_o‘rganish

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "O'rg'ulsoy" mahallasida Hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda Hokim yordamchilarining mas’uliyatini oshirish borasida tuman Kengashi tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 13-"Farovon" saylov okrugi deputati A.Pardayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov O'rg'ulsoy mahallasiga tashrif buyurib , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-sonli Farmoniga muvofiq Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi.

Monitoring davomida 14 ta asosiy yo‘nalish, xususan, xonadonbay o‘rganishlar natijasi, aholi bandligi, kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish, mikroloyihalarni amalga oshirish hamda kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash ko‘rsatkichlari amaliy natijadorlik nuqtai nazaridan baholandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan xulosalar shakllantirilib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga olib chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 2