Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
BALANDCHAQIR ALOQA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Balandchaqir hududida aholiga aloqa va pochta xizmatlarini ko‘rsatuvchi Balandchaqir aloqa bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan pochta va aloqa xizmatlarining sifati, tezkorligi va qulayligi, shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholining kundalik ehtiyojlaridan kelib chiqib, pochta jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish, turli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganildi.

Deputat tomonidan xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini yanada oshirish, fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati doirasida aholiga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyatini o‘rganish orqali fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, xizmatlar sifati va mavjud muammolarga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Asosiy maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, fuqarolarning murojaat va ehtiyojlarini o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Slide 1 of 2