Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
“Temiryo‘lchi” mahallasida ichki yo‘l asfaltlanishi — deputat nazoratida!

Termiz shahrida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz transport sharoitlarini yaratish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, ekspert guruhi a’zosi, 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Temiryo‘lchi” mahallasida bo‘lib, Termiz tumani bilan bog‘lovchi ichki yo‘lda olib borilayotgan asfaltlash ishlarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar.

O‘rganish jarayonida Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari, xususan, 8-band — “Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati” bo‘yicha ishlarning holatiga e’tibor qaratildi. Yo‘l poydevori, asfalt qoplamasi sifati, ishlarning borishi hamda yo‘lsozlik texnikalaridan foydalanish jarayoni nazorat qilindi.

Mazkur yo‘lning sifatli asfaltlanishi mahalla aholisi uchun qulay qatnov sharoitlarini yaratish, Termiz shahri va Termiz tumani o‘rtasidagi harakatni yaxshilash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga asfaltlash ishlarini belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, aniqlangan texnik masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi. Ishlarning yakuniga qadar jarayon deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 3