Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 28-30 sentabr hamda 2-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish – deputat nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarining izchil rivojlanayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
янв.21
🔰Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
🔰“Namgoni” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda
янв.21
🔽Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olish – muhim vazifa
янв.21
🔽Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
#profilaktik_tadbirlar #deputat_nazorati

Jamoat xavfsizligini taʼminlash, mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish har bir hudud rivojining asosiy poydevoridir. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "Mahallabay" tizimi asosida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Faxriddin Matasimov tomonidan hududlarda huquq-tartibotni mustahkamlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazildi.

Oʻrganish doirasida amalga oshirilgan asosiy tadbirlar:
🔸Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5041 va PQ-104-son qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda, ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda shahardagi mahallalar “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlar kesimida atroflicha tahlil qilindi.
🔸Tahlillar natijasiga tayangan holda, asosiy kuch va eʼtiborni hamda profilaktik nazorat tadbirlarini aynan jinoyatchilik koʻrsatkichi yuqori boʻlgan “qizil” hamda xavf guruhi mavjud boʻlgan “sariq” hududlarda jadal olib borishga kelishib olindi.
🔸Huquq-tartibot posbonlari bilan birgalikda jinoyatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlayotgan omillar va ijtimoiy-maishiy muammolar aniqlanmoqda.

Aholini qiynayotgan va kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan barcha mavjud muammolar deputatning “Koʻchama-koʻcha aylanish jurnali”ga batafsil qayd etildi.
“Bizning birinchi galdagi vazifamiz — jinoyat sodir etilganidan keyin uni muhokama qilish emas, balki uning barvaqt oldini olish, mahallalarda osoyishtalikni taʼminlashdir. Bu jarayonda deputatlik nazorati va ichki ishlar organlarining hamkorligi yuqori samaradorlik beradi,” — deb taʼkidladi deputat Faxriddin Matasimov.

Aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, “qizil” toifadagi mahallalarni “yashil” hududlarga oʻtkazish boʻyicha deputatlik soʻrovlari yuborilishi hamda shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 3