Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
#24_ta_tavsiya #nazorat #xavfsiz _mahalla

Olmaliq shahar "Abdulla Avloniy" mahallasi hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallasida xavfsiz muhitni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Ushbu jarayonda:
Oybek Qurolboyev — Hudud deputati;
Laziz Xasanov — Toshkent viloyati deputati Mixayil Chadinning kotibiyatdan biriktirilgan vakili;
Ichki ishlar mas’ul xodimlari va mahalla raisi faol ishtirok etishdi.

O‘rganishlar va profilaktik tadbirlar davomida:
🔹 Chetga chiqishlarning oldi olindi: Mahalla hududida huquq-tartibot va jamoat tartibi qoidalarini buzayotgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga amaldagi qonunchilik talablari va tartib-qoidalar atroflicha tushuntirildi.
🔹 Hujjatlar atroflicha ko‘zdan kechirildi: Mahalla profilaktika inspektorining amalga oshirgan ishlari va faoliyati maxsus savolnoma asosida tegishli hujjatlar orqali birma-bir o‘rganib chiqildi.

📊 Natija: Tahlillar va o‘rganish yakunlariga ko‘ra, mahalla profilaktika inspektorining jinoyatchilikning oldini olish hamda mahalla xavfsizligini ta'minlash borasidagi xizmat faoliyati ijobiy va yaxshi natija sifatida baholandi.
Fuqarolar osoyishtaligi va mahalla tinchligi yo‘lidagi profilaktik tadbirlar hamda deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5