Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
#24_ta_tavsiya #deputat faoliyati

Olmaliq shahrining “Mahmudxo‘ja Behbudiy” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi va yetakchi tomonidan amalga oshirilgan ishlar holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muntazam muloqot va amaliy ko‘rik tarzida o‘tkazilgan ushbu tahlil jarayonida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova hamda hudud deputati Lenura Baydullayevani vakili sifatida  Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova ishtirok etishdi.
📌 O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratildi:
🔹 Yoshlar bilan ishlash tizimi: Mahalladagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda “Yoshlar daftari” bilan ishlash samaradorligi;
🔹 Murojaatlar tahlili: Yoshlardan tushgan murojaat va takliflarning o‘z vaqtida, sifatli hal etilish darajasi;
🔹 Ommaviy sport va sog‘lom turmush tarzi: Mahallada sport tadbirlarini tashkil etish, yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha erishilgan ko‘rsatkichlar.

Sohaviy o‘rganishlar yakunida deputatlar tomonidan mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati yaxshi baholanib,  mahallada yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda amaliy ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash bo‘yicha muhim taklif hamda tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3