Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
#nazorat #o'rganish

Xalq vakilining asosiy vazifasi — aholining kundalik turmushida uchrayotgan muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularga amaliy yechim topishdir.
Olmaliq shahar Kengashi deputati Faxriddin Matasimov tomonidan kunlik ish rejasiga muvofiq, "Kamalak" mahallasi hududida joylashgan markaziy ko‘chalardagi bekatlarning bugungi holati hamda jamoat transportlarining harakat grafigi atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida asosan quyidagilarga e’tibor qaratildi:
Bekat joylarining tozaligi, yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar va noqonuniy qurilmalar holati; Jamoat transporti (avtobus va yo‘nalishli taksilar)ning belgilangan jadval/grafik bo‘yicha o‘z vaqtida harakatlanishi;
Bekatlarda kutayotgan yo‘lovchilar va mahalla turg‘unlarining bu boradagi fikr-mulohazalari hamda e’tirozlari.
"Aholiga qulay va xavfsiz transport xizmatini ko‘rsatish, bekatlarda mos sharoitlarni yaratish doimiy nazoratimizda bo‘ladi. O‘rganishlar mobaynida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuboriladi va ijrosi nazoratga olinadi," — deydi deputat F. Matasimov.

Aniqlangan kamchiliklar deputatning ko'chama-ko'cha aylanish jurnaliga qayd qilinib, ijro nazoratiga olindi.
Shahar hududida fuqarolarimiz uchun munosib va qulay infratuzilma yaratish yo‘lidagi amaliy ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 6