️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norovlar tomonidan tuman budjeti ijrosining 2026 yil birinchi yarim yillikdagi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida budjet mablag‘larining belgilangan maqsadlar asosida sarflanishi, ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi hamda ijtimoiy soha va hududlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan xarajatlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Shuningdek, budjet intizomiga rioya etilishi, mablag‘lardan oqilona va maqsadli foydalanish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
➡️Budjet ijrosini muntazam nazorat qilib borish aholi farovonligini ta’minlash, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda davlat mablag‘laridan samarali foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.