35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Aholi murojaati ijobiy hal etildi
#tavsiyalar
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati
#ijobiy

Aholi murojaati ijobiy hal etildi

O‘zbekiston Respublikasining №O‘RQ-445, Qabul qilingan sana 11.09.2017-yildagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan, Kogon shahridagi Adolat MFY Arabxona ko‘chasi aholisi ko‘chani asfaltlashtirish masalasida mazkur hududdan saylangan Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati O.A. Jo‘rayevaga murojaat qilgan edi.

Deputat tomonidan fuqarolar murojaati belgilangan tartibda o‘rganilib, masalani hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Natijada Arabxona ko‘chasi asfaltlashtirildi. Eng quvonarlisi, aholining yillar davomida kutgan talabi amaliy yechim topdi.

Bugun ko‘cha zamonaviy va qulay holatga keltirilib, fuqarolarning kundalik harakati uchun yanada yaxshi sharoit yaratildi. Aholi amalga oshirilgan ishlardan mamnunligini bildirdi.

Bu — deputatlik so‘rovining xalq murojaatini amaliy natijaga aylantirishdagi samarali vosita ekanining yana bir yorqin misolidir.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram. Instagram. Facebook. Youtube. E-kengash
Slide 1 of 4