35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Qonuni ijrosi o‘rganildi

 Qonuni ijrosi o‘rganildi 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Ruhiya Ismoilova
tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-sonli
“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
 

O‘rganish davomida Qo‘shko‘pir tumanidagi Bahoriston mahallasida joylashgan yakka
tartibdagi tadbirkor Tairova Maqsudaga tegishli “Indira Choco” shirinliklar
do‘konida bo‘lib, tadbirkor bilan suhbat o‘tkazildi.
 

Suhbat davomida Maqsuda Tairovaning tadbirkorlik faoliyati orqali nafaqat o‘zini,
balki yana 2 nafar ishsiz xotin-qizni ham doimiy mehnat bilan ta’minlagani
alohida ta’kidlandi.
 

Mazkur tashabbus mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz xotin-qizlarni
kasb-hunarga jalb etish va ularning daromad manbalarini kengaytirish borasida
amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning yaqqol namunasidir.
 

Deputat tomonidan tadbirkorning faoliyati o‘rganilib, aholi bandligini ta’minlash,
yangi ish o‘rinlari yaratish hamda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

  

   

Slide 1 of 1