Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugi hududida “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-327, 2012-yil 26-aprel) ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
🔍 O‘rganish davomida oilaviy tadbirkor Q.Davletyarovning faoliyati bilan tanishildi. U kredit mablag‘laridan foydalangan holda gazon qoplamali mini futbol stadionini tashkil etib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygani ma’lum bo‘ldi.
⚽️ Mazkur tashabbus nafaqat oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, balki aholi, ayniqsa yoshlar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
🤝 O‘rganish jarayonida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.