35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.12.2021 yildagi “Oʻzbekiston respublikasining 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi ”PQ-72-sonli qarori ijrosini tumanda ta’minlash maqsadida “Zarafshon” mahallasi hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari holati o‘rganildi.
🔹O‘rganish jarayonida hududda investitsiya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati, belgilangan vazifalar ijrosi hamda qurilish-montaj ishlarining borishiga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Shuningdek, qurilish ishlarining belgilangan loyiha va meyoriy talablar asosida, sifatli hamda o‘z vaqtida bajarilishi, ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
🔹O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
🔹Bunday o‘rganishlar hududlarda investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5