35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Tumanda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” tadbirlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Sidnenko Vera Viktorovna saylangan 17-"Do‘stlik" saylov okrugiga qarashli «Navro‘z» mahallasida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi.

Tadbirda «Navro‘z» mahallasi “mahalla yettiligi” vakillari hamda faollar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalarni obodonlashtirish, sanitariya-tozalik ishlarini tizimli tashkil etish, yashash hududlarini ozoda saqlash, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarga o‘z xonadonlari va ko‘cha oldi hududlarini namunali saqlash, chiqindilarni belgilangan tartibda chiqarish, umumiy foydalanishdagi hududlarni asrash va obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish yuzasidan tushuntirish hamda targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbir davomida obodonlashtirish va sanitariya sohasida mavjud muammolar yuzasidan mahalla aholisining taklif va mulohazalari tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2