35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputat_faoliyati
янв.21
Namgoni, Yobu va Qurilish qishloqlarida suv ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
Nosoz gaz quvurlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Istiqlol mahallasida Senat Kengashi qarori targ‘iboti o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
#nazorat

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Mardona Ergashova tomonidan "Toshkent" mahallasidagi ijtimoiy holat va boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati yuzasidan navbatdagi o‘rganish o‘tkazildi.

👥 O‘rganishda ishtirok etdilar:
Mahalla raisi;
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Mukarram Ne’matullayeva.

Deputat tomonidan mahalla hududidagi quyidagi masalalar bevosita joyiga chiqqan holda tahlil qilindi:

Ichki ko‘chalar: Yo‘llarning holati va transport harakati uchun qulayligi;
Tungi yoritgichlar: Hududning tungi vaqtda yoritilganlik darajasi;
Ko‘p qavatli uylar: Uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlar) va kirish qismlari;
Atrof-muhit tozaligi: Hududning sanitar holati va chiqindilardan tozalanishi.

🏘 BSKlar faoliyati tahlili:
Mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi ikki korxonaning ish samaradorligi solishtirildi:

✅ "Zinnuro-fayz" BSK: Faoliyati namunali tarzda davom etayotgani va hududni obodonlashtirishga mas'uliyat bilan yondashilayotgani e’tirof etildi.
⚠️ "Razaliya kafolat servis" BSK: Ichki yo‘laklar va uy atroflarining qarovsizligi, xizmat ko‘rsatishdagi sustkashliklar aniqlanib, mas’ullarga qat’iy ogohlantirish berildi.

Aniqlangan barcha kamchiliklar, xususan, nosoz ichki ko‘chalarni ta’mirlash masalasi yuzasidan shahar hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga deputatlik murojaati yuborilishi belgilab olindi.

✅ Bizning maqsadimiz — aholi uchun qulay, yoritilgan va toza yashash muhitini yaratishdir.

Slide 1 of 4