35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Istiqlol mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati va qamrovi kengaymoqda.
янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
TAQACHI MAHALLASIDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHALARINI YANGILASH MASALASI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

TAQACHI MAHALLASIDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHALARINI YANGILASH MASALASI O‘RGANILDI

⚙️ Taqachi mahallasida jismoniy tarbiya va sport obyektlariga kiruvchi futbol hamda workout maydonchalarining holati o‘rganildi. O‘rganish davomida 22-ko‘p qavatli uy oldida hashar yo‘li bilan bunyod etilgan bolalar sport maydonchasi va workout hududi bugungi kun talablariga javob bermasligi, mavjud sharoitlarni yangilash va zamonaviylashtirish zarurligi aniqlandi.

🇺🇿 Mazkur masalani amaliy hal etish maqsadida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan "11-Taqachi" okrugi deputati Dusmuxamedova Saodat Maxirdjanovna nomidan tuman Mahallalar uyushmasiga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi. Unda mazkur hududda zamonaviy futbol maydoni va workout maydonchasini barpo etish masalasini ko‘rib chiqish so‘raladi.

🗂 Ushbu ishlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda PQ-402-son qarorida belgilangan vazifalar va moliyalashtirish manbalari asosida amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish belgilandi.

↗️ Mazkur tashabbus mahallada yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

📆 Aniqlangan muammolar yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2