Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev tomonidan Beshbola mahallasi hududidagi Beshbola va Birlik qabristonlarining ichki qismida joylashgan elektr tarmoqlari hamda tayanch ustunlari holati yuzasidan kiritilgan deputat so‘rovi tegishli tashkilot tomonidan ko‘rib chiqildi.
Deputat so‘rovi asosida Pastdarg‘om tumani Elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari ishtirokida hududda texnik ko‘rik o‘tkazildi.
O‘rganish natijasida ayrim elektr tayanch ustunlarining eskirgani hamda elektr uzatish tarmoqlarining ayrim qismi aholi xonadonlari yaqinidan o‘tgani tasdiqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida:
🔹 nosoz elektr tayanch ustunlarini bosqichma-bosqich almashtirish;
🔹 elektr uzatish tarmoqlarini amaldagi texnik me’yorlar asosida xavfsiz hududga ko‘chirish;
🔹 ta’mirlash va montaj ishlarini tasdiqlangan reja-grafik asosida amalga oshirish;