35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#deputat_nazorati Shuningdek, deputat M.Mirzayev Marg‘ilon shahar 2-son texnikumida talabalar uchun tashkil etilgan amaliyot xonalari, zamonaviy o‘quv laboratoriyalari va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilayotgan o‘quv-amaliy baza bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar e'tirof etildi. Deputat mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, amaliy mashg‘ulotlar sifatini yanada oshirish hamda ta'lim jarayonini takomillashtirish yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashdi.

Slide 1 of 4