Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 9-Obod saylov okrugidan saylangan deputat B. Yusupov “Namgoni” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlarini o‘rgandi.
🔹Murojaatda Namgoni qishlog‘idagi transformator stansiyasida elektr quvvatining teng taqsimlanmayotgani sabab ayrim ko‘chalarda kuchlanish pastligi hamda qo‘shimcha transformator o‘rnatish zarurligi qayd etildi.
🔹Mazkur muammoni ijobiy hal etish maqsadida deputat tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i O. Usmonov nomiga deputat so‘rovi yuborildi. Murojaat ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.