Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
янв.21
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ko‘tarilgan muammo amaliy hamkorlik asosida bartaraf etildi
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Sessiyaga kiritiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti sifatini oshirish yo‘lida amaliy o‘rganish
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati saylovchilar oldida axborot berdi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining
4-Qo‘rg‘oncha saylov okrugi deputati Murodova Nazira Utayevna tomonidan Buloqboshi mahallasi aholisiga 2026-yilning II choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axboroti taqdim etildi.

👥 Tadbirda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Maxammadiyeva, tuman hokimligining mas'ul xodimi U.Samandarov, mahalla yettiligi a'zolari, nuroniylar, xotin-qizlar faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🗣 Deputat o‘z axborotida hisobot davrida saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimi yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida batafsil ma'lumot berdi.

Shuningdek, Buloqboshi mahallasida ijtimoiy soha obyektlarini ta'mirlash va rekonstruksiya qilish, sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda "Obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etayotgani alohida ta'kidlandi.

Deputat tomonidan mahalladagi ta'lim va sport obyektlarini zamonaviy talablar asosida yaxshilash, ichki infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi.

🤝 Tadbir yakunida fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etilib, aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi. Murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda ularning ijobiy yechimini ta'minlash yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3