Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
янв.21
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ko‘tarilgan muammo amaliy hamkorlik asosida bartaraf etildi
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Sessiyaga kiritiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari o‘rganildi
#kengash_qarori_ijrosi_nazorati #qonun_19_1_modda #dolzarb_90_kun
#kengash_qarori_ijrosi_nazorati
#qonun_19_1_modda
#dolzarb_90_kun

2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 2026-yil 26-iyundagi VII-29-73-2-208-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasining ijrosi yuzasidan navbatdagi monitoring o‘tkazildi.

Mazkur qaror ijrosini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirova tomonidan 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida yozgi ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Monitoring davomida sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, to‘garaklar faoliyati, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining amaliy ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish, yoshlarni sport va boshqa foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 3