Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
#Munosabat

#Qo‘shko‘pir tumani
#Munosabat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Gruziya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqlik, o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslanayotganini yana bir bor yaqqol namoyon etdi. Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi.

Ayniqsa, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika yo‘laklarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi global iqtisodiy sharoitda Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, xalqaro transport yo‘laklaridan samarali foydalanish hamda yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish mamlakatimiz milliy manfaatlariga to‘liq mos keladi.

Xalq vakili sifatida mazkur tashrif natijalari O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga munosib hissa qo‘shishiga ishonaman.

Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan pragmatik, ochiq va tinchlikparvar tashqi siyosat mamlakatimiz taraqqiyoti, mintaqaviy barqarorlik hamda xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati
N. Ibragimova 

Slide 1 of 1